
VXL. "Humo" peshqadamga imkoniyatni boy berdi, ammo...
Toshkentning "Humo" klubi safardagi seriyadan o‘rin olgan so‘nggi bahsini Sankt-Peterburgning "Dinamo" jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan bahsning asosiy vaqti va overtaymida kuchlar teng keldi - 1:1. G‘olib esa bullitlar seriyasida aniqlandi va unda omad mezbonlarga kulib boqdi - 3:1.
Toshkentliklar safida kiritilgan yagona golga Vsevolod Sorokin mualliflik qildi. U tomonidan kiritilgan shaybaga Artyom Voronin hammualliflik qildi.
Bilasiz, xokkeyda g‘alaba uchun 2 ochko beriladi. Agarda, g‘olib asosiy vaqtda aniqlanmasa, overtaym yoki bullitlar seriyasida mag‘lub bo‘lgan jamoa 1 ochkoni qo‘lga kiritadi. Shu tariqa, Evgeniy Popixin shogirdlari ham 1 ochkoga ega chiqdi.
Fikrlar