WADA sportchilardan doping testlari olishni to‘xtatishi mumkin. Sababi...

  • 17 aprel, 2020, 21:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Tecno

WADA Butunjahon antidoping agentligi COVID-19 pandemiyasi holati yuzasidan quyidagi bayonotini taqdim etdi.

“WADA aholining salomatligi, xavfsizligi va ijtimoiy mas’uliyati muhim deb hisoblaydi. Biz ushbu koronavirus pandemiyasining oqibatlariga duch kelib turar ekanmiz, sportchilarning salomatligi va sport bilan halol shug‘ullanayotganlarning hammasi diqqat markazimizdadir”, – dedi WADA prezidenti Vitold Banka.

Sportchilar va antidoping agentliklar vakillarining salomatligini muhofaza qilish uchun qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, koronavirus yuqishi alomatiga ega bo‘lgan sportchilar o‘zlarini yakkalashlari va dopingga qarshi mahallliy agentlikni u doping testlari olish rejasiga o‘zgartirish kiritishi uchun xabardor qilishlari kerak.

WADA shuningdek test olish xajmini kamaytirishi yoki vaqtincha bekor qilish niyatidadir. Pandemiya tugab, sport olami yana odatiy tusga kirgach, bu uzilishlar qo‘shimcha testlar o‘tkazish bilan qoplanadi.

WADA vakili Ben Sendfordning aytishicha, tashkilot sportchilar uchun vujudga kelgan vaziyatning murakkabligini tan oladi. “Dopingga qarshi hamjamiyat ayrim dasturlarni, shu jumladan testlarni va boshqa tadbirlarni bekor qilib yoki kamaytirib, kundalik tartibga o‘zgartirish kiritish uchun birlashdi”, – dedi B.Stenford.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!