
WBA yangilangan reytingida bokschilarimiz yuqoriladi
Professional boks tayanch tashkilotlaridan biri bo‘lgan Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yanvar oyi yakuniga ko‘ra yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda o‘zbek bokschilari quyidagi o‘rinlarda qayd etilgan:
Super yarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 1-o‘rin,
Super engil vazn (63,5 kg): Shahram G‘iyosov 7-o‘rin, Shohjahon Ergashev 10-o‘rin,
Yarim engil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov o‘tgan oydagi o‘rnidan bir pog‘ona yuqorilab 13-o‘ringa joylashgan,
Birinchi yarim engil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev jahon chempioni sifatida reyting yuqorisida,
Birinchi o‘ta engil vazn (48,9 kg): Hasanboy Do‘smatov 2 pog‘ona ko‘tarildi va 3-o‘ringa loyiq ko‘rildi.
Fikrlar