
WBA yangilangan reytingida Otabek Xolmatov peshqadamga aylandi. Bokschilarimiz o‘rinlari bilan tanishing
Professional boks tayanch tashkilotlaridan biri bo‘lgan Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) mart oyi yakuniga ko‘ra yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda o‘zbek bokschilari quyidagi o‘rinlarda qayd etilgan:
Super o‘rta vazn (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziev 12-o‘rin,
Super yarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 1-o‘rin,
Yarim o‘rta vazn (66,6): Shahram G‘iyosov 5-o‘rin,
Super engil vazn (63,5 kg): Shohjahon Ergashev 8-o‘rindan 7-o‘ringa yuqoriladi, Botir Ahmedov 3-o‘rinda,
Yarim engil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 2-o‘rindan 1-o‘ringa ko‘tarildi,
Birinchi yarim engil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev jahon chempioni sifatida reyting yuqorisida,
Minimum vazn (47,6 kg): Hasanboy Do‘smatov 2-o‘rinda.
Fikrlar