WBC iyul oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. Bahodir Jalolov yuqoriladi

  • 15 iyul, 2024, 13:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Butunjahon boks ittifoqi (WBC) iyul oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.

Tecno

Mazkur ro‘yxatdan 8 nafar bokschimiz joy olgan:

Superog‘ir vazn:

Bahodir Jalolov avvalgi oydan 1 pog‘ona ko‘tarilib, 9-o‘rinni egalladi.

Supero‘rta vazn toifasi (76,2 kg):

Bektemir Meliqo‘ziev esa o‘tgan oydagidan bitta pog‘ona pastga tushdi va  14-o‘rinda qayd etildi.

Yarimo‘rta vazn (66,6 kg):

Shahram G‘iyosov o‘tgan oydagi kabi 8 -o‘rinni band etib turibdi. 

Yarimo‘rta vazn (66,6 kg):

 Jahongir Rasulov esa anchagina o‘sishga erishdi va 4 pog‘ona yuqorilab, 27-o‘rinni eband etdi.

Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg):

Murodjon Ahmadaliev 4-o‘rinda qayd etilgan. 

 Mirazizbek Mirzaxalilov ham o‘tgan oydagi kabi 28-o‘rinni egallab turibdi.

O‘ta engil vazn (50,82 kg):

Olimjon Nazarov o‘tgan oydagidan 4 pog‘ona pastladi va 34-o‘ringa joylashdi.

Birinchi o‘ta engil vazn (47,6 kg):

Hasanboy Do‘smatov avvalgi oydagi kabi 5-o‘rindan joy oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!