WBC prezidenti ikkita super jangga rozilik berdi

  • 4 yanvar, 2018, 13:26
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Butunjahon boks uyushmasi (WBC) prezidenti Maurisio Suleyman yarim og‘ir vazn toifasida ikkita yirik jangga ruxsat berdi.

Tecno

Ushbu tashkilot versiyasi bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Adonis Stivenson ixtiyoriy himoya jangini ikki vazn toifasining sobiq jahon chempioni Badu Jekka qarshi o‘tkazadi, deya xabar beradi World Boxing News. Shuningdek, Eleyder Alvares majburiy da’vogar sifatida Aleksandr Gvozdik bilan ringda uchrashishi kerak.

Shundan so‘ng mazkur ikki jang g‘oliblari zudlik bilan jang borasida muzokaralarga kirishishlari zarur. Avvalroq Gvozdik o‘zining navbatdagi jangini 2018 yil 16 fevralida o‘tkazishini ma’lum qilgan edi.

Stivenson ham yangi yildagi ilk to‘qnashuvni yilning birinchi oylaridan birida o‘tkazishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!