WBO reytingi yangilandi.Vakillarimiz qayd etilgan o‘rinlar bilan tanishing!

  • 21 sentabr, 2023, 23:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Butunjahon boks ittifoqi (WBO) sentyabr oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. Reytingdan 7 nafar bokschimiz o‘rin olgan:

Tecno

- 50,8 kg vazndagi vakilimiz Olimjon Nazarov avvalgi oydagi kabi 2-o‘rinda qayd etilgan.

- 55,3 kg vaznda Murodjon Ahmadaliev bu oy ham 6-o‘rinni egalladi.

-57,1 kgda Otabek Xolmatov avvalgi oydagidan bir pog‘ona yuqorilashga erishib, 13-o‘rinda qayd etildi.

- 63,5 kgda Shohjahon Ergashev o‘tgan oydagi singari 3-o‘rinda joylashgan.

- 66,6 kg vazndagi vakilimiz Shahram G‘iyosov da ham o‘tgan oydagi kabi -7-o‘rinda qolgan.

-69,8 kgda Isroil Madrimov ham o‘tgan oydagi kabi 13-o‘rinni band etgan.

- 76,2 kgdagi hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘zievda ham o‘zgarish yo‘q.U 9-o‘rinni band etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!