WBS reytingi yangilandi. O‘zbekistonlik 8 bokschi reytingdan o‘rin olgan

  • 23 fevral, 2024, 13:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Butunjahon boks kengashi (WBC) fevral oyi uchun yangilangan reytingni elon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, super engil vazn (63,5 kg) toifasidagi vakilimiz Botir Ahmedov yangilangan reytingdan joy olmadi. U avvalgi oyda 35-o‘rinni egallab turgandi. O‘ta engil vazn (50,802 kg) toifasidagi Olimjon Nazarov esa reytingga kiritildi va 34-o‘rinni band etdi.

Shu tarzda, reytingdan 8 nafar bokschimiz o‘rin oldi:

Og‘ir vazn (+90,892 kg) Bahodir Jalolov - 13-o‘rin;

Supero‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziev o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab 12-o‘ringa joylashdi;

Super yarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 8-o‘rin;

Yarim o‘rta vazn (66,6 kg): Shahram G‘iyosov 14-o‘rin:

Yarim o‘rta vazn (66,6 kg): Jahongir Rasulov bir pog‘ona pastlab 32-o‘rinni band etdi;

Birinchi yarim engil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev bir pog‘ona ko‘tarildi va 3-o‘rinni egalladi;

O‘ta engil vazn (50,82 kg) Olimjon Nazarov 34-o‘rin;

Birinchi o‘ta engil vazn (47,6 kg): Hasanboy Do‘smatov-5-o‘rin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!