
"World Boxing" kubogi. Navbahor Hamidova Olimpiada chempionini engib, oltin medalni qo‘lga kiritdi!
Bugun Qozog‘istonning Olmota shahrida "World Boxing" tashkiloti kubogining final bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Hozirgina -65 kg vazn toifasi finalida hamyurtimiz Navbahor Hamidova hakamlarning yakdil qarori bilan (5-0) Olimpiada (Tokio-2020) hamda uch karra Jahon chempioni Busenaz Syurmenelini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa bokschilarimiz ishtirokidagi bahslar o‘z nihoyasiga etdi. Ajoyib natijalar bilan barchani tabriklaymiz!
Fikrlar