Xabi Alonso Angliya grandi bilan kelishuvga yaqin turibdi
"Real Madrid" sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso Angliya Premier-ligasida ish boshlashga yaqin.
Xabarlarga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis "Liverpul" bilan muzokaralar olib bormoqda. Manbada yozilishicha, "qizillar" bosh murabbiyi Arne Slot tez orada jamoani tark etadi. Uning o‘rnini esa aynan Alonso egalaydi. Qayd etilishicha, mersisaydliklar va murabbiy deyarli kelishuvga erishib bo‘lgan. Ayni vaqtda mayda detallar ustida muzokaralar davom etmoqda.
Xabi Alonso futbolchilik faoliyati davomida 2004-2009 yillar oralig‘ida "Liverpul" sharafini himoya qilgan. 2005 yilda esa tarixiy finalda Yevropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan.
Ma’lumot uchun, mersisaydliklar ayni vaqtda APL turnir jadvalida 4-pog‘onani band etib turibdi.

Fikrlar