Xabi Alonso bu futbolchini jahon darajasidagi yulduzga aylantirmoqchi
“Chelsi” bosh murabbiyi Xabi Alonso Koul Palmerni “jahon darajasidagi futbolchi” sifatida namoyon qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganini aytdi.
O‘tgan mavsum Palmer uchun turli sog‘liq muammolari, jumladan, chov sohasidagi jarohat va oyoq barmog‘ining sinishi sabab murakkab kechdi.
Biroq Alonso bu yozda Palmer o‘zining eng yaxshi holatiga qaytish uchun katta mehnat qilayotganiga ishonch hosil qilgan va Xabi unga bu borada yordam bermoqchi.
- Koul o‘z o‘yinidan zavq olishni, yaxshi jismoniy holatda bo‘lishni va o‘zini sog‘lom his qilishni istaydi.
U atrofidagi futbolchilar bilan yaxshi aloqa o‘rnatishni xohlaydi. Bizda shunday maqsad bor. Agar uni o‘yinga jalb qila olsak, u o‘yin ritmini his qilsa va boshqa futbolchilar bilan yaxshi hamkorlik qilsa, u top darajadagi, jahon darajasidagi futbolchi ekanini namoyon qilib, ajoyib mavsum o‘tkazishiga ishonaman.
Ba'zan jarohat bilan bog‘liq shunday davrni boshdan kechirish kerak bo‘ladiki, undan saboq chiqarish mumkin.
Koul jarohati sabab murakkab davrni boshdan kechirdi. Endi u ushbu alomatlar qaytarilmasligi uchun juda qattiq mehnat qilmoqda. Birinchi kundanoq u bu muammolarning takrorlanmasligi uchun chindan ham qattiq ishlayapti, - dedi Alonso.

Fikrlar