Xabi Alonso "Chelsi" etakchilaridan birini olib kelmoqchi

  • 17.07.2025 14:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi London "Chelsi"sining etakchi futbolchisi Koul Palmerni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Madrid Universal" akkaunti xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, angliyalik yarim himoyachining transferiga "qirollik klubi"ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso shaxsan qiziqmoqda. U Palmerni o‘z taktik sxemasiga mos futbolchi sifatida ko‘rmoqda.

Cole Palmer of Chelsea receives the 'best player award' during the trophy ceremony following the FIFA Club World Cup 2025 final football match...

21 yoshli futbolchi joriy mavsumdagi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida eng yaxshi futbolchi deb topilgan edi. Uning "aristokratlar" bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bahosi 120 million evroni tashkil qiladi. Avvalroq, unga PSJ klubi ham qiziqish bildirgani xabar qilingan edi. Shunga qaramasdan, londonliklar o‘zining ishonchli futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!