Xabi Alonso Dastan Satpaevning "Chelsi"dagi birinchi goliga qanday munosabat bildirdi?

  • 28.07.2026 18:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Chelsi» jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso Avstraliyaning «Western Sidney Uonderers» klubiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida gol urgan qozoqistonlik yosh hujumchi Dastan Satpaev haqida fikr bildirdi.

6:4 hisobidagi gʻalabadan soʻng ispaniyalik mutaxassisdаn 17 yoshli forvardning oʻyini va uning kelasi mavsumdagi imkoniyatlari haqida soʻrashdi. Alonso soʻzlariga koʻra, jamoadagi tarkibiy masalalar boʻyicha yakuniy qarorlar mavsum oldi tayyorgarlik yakunlangach qabul qilinadi.

- Bu mavsum oldi yigʻin davomida juda koʻp qarorlar qabul qilishimiz kerak boʻladi. Yaxshi tomoni shundaki, oʻtgan yili bu yerda boʻlmagan koʻplab futbolchilarni hozir sinovdan oʻtkazish imkoniyatiga egamiz… Keyin qaror qilamiz, shuning uchun hozircha mavsumning birinchi oʻyiniga qay tarkibda tushishimiz haqida gapirish uchun erta, — dedi Alonso.

«Chelsi» ustozi alohida tarzda Satpaevning oʻyin uslubini ham baholadi.

- Men Dastanni oʻtgan yildan, Olmati klubidagi oʻyinlaridan bilaman. Uning boshqacharoq futbolchi ekani koʻrinib turibdi. Raqib darvozasi oldida doim xavf tugʻdiradi, markaziy hujumchi yonida, qanotdan markazga siljib, boʻsh hududlarga juda yaxshi hujum qiladi. U uchun bu klubdagi birinchi tajriba, shuning oʻzida oʻzini yaxshi tomondan koʻrsata oldi, — deya taʼkidladi ispaniyalik mutaxassis.

Satpaevning jismoniy jihatdan Angliya Premyer-ligasida oʻynashga tayyorligi haqida berilgan savolga esa Alonso qisqa javob qaytardi:

 - U juda baquvvat va juda tezkor. Undan rostdan ham taassurot olasiz, — dedi murabbiy.

Eslatib oʻtamiz, «Western Sidney Uonders»ga qarshi oʻyinda Satpaev hisobni allaqachon oltinchi daqiqada ochgan edi. Londonliklar tarkibida shuningdek Dariu Essugu, Jeymi Gittens va xet-trik muallifi Joau Pedru ham gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!