Xabi Alonso mavsum avvalida Endrikni ogohlantirgan ekan
"The Athletic" nashrining xabar berishicha, "Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Endrikni joriy mavsumda o‘yin vaqti cheklangan bo‘lishi haqida oldindan ogohlantirgan.
Shunga qaramasdan, 19 yoshli braziliyalik hujumchi jamoada qolishni ma’qul ko‘rdi. 2025/2026 yilgi mavsumda Endrik hali biror marta maydonga tushmagan.
"Real" La Ligada etakchilik qilib bormoqda — 8 ta turdan keyin jamoa 21 ochko to‘plagan. Xabi Alonso shogirdlari keyingi uchrashuvni 19 oktyabr, yakshanba kuni safarda "Xetafe"ga qarshi o‘tkazadi.
Endrik bugunga qadar "qaymoqranglilar" safida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan.



Fikrlar