Xabi Alonso nega «Chelsi»da ishlashga rozi bo‘lganini tushuntirdi

  • 03.08.2026 09:51
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Chelsi» jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso nega aynan shu klubni tanlagani haqida gapirib berdi. Ispaniyalik mutaxassis bu yil bahor oxirida «aristokratlar» bilan shartnoma imzolab, jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan. Tomonlar oʻrtasidagi kelishuv 2030 yil yozigacha moʻljallangan. Alonsoning taʼkidlashicha, u «Chelsi»da katta salohiyat koʻrgan.

«Bu yerda ish boshlash uchun toʻgʻri vaqt ekanini bilardim. Menda hammasi uddalanishiga shubha qilmadim. Endi jamoani qay darajada tez yaxshilay olishimizni koʻramiz», — dedi Alonso.

«Chelsi»ga kelgunga qadar ispaniyalik mutaxassis Madriddning «Real» klubini boshqargan. Biroq Alonso tayinlangandan 7 oy oʻtar-oʻtmas lavozimidan ozod etilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!