
Xabi Alonso "Real" afsonasini zaxiraga o‘tkazishga qaror qildi
"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoadagi ayrim og‘ir qarorlarni qabul qilishni boshladi. "E-Noticies" nashrining xabar berishicha, u jamoa sardori va klub afsonasi Dani Karvaxalning asosiy tarkibdagi kafolatlangan o‘rnini bekor qilgan.
33 yoshli futbolchi o‘tgan kuzda jarohat olguncha o‘z pozitsiyasida dunyodagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri sifatida e’tirof etilardi. Biroq endi, manbaga ko‘ra, u ko‘proq zaxira o‘rindig‘ida qolishiga tayyor turishi kerak bo‘ladi.
Alonso Karvaxal o‘rniga o‘ng qanot himoyasida asosiy futbolchi sifatida angliyalik Trent Aleksandr-Arnoldni ko‘rishni rejalashtirmoqda. Uning o‘yin uslubi Xabining taktik qarashlariga to‘liq mos keladi.
Fikrlar