Xabi Alonso: "Taxminlar va mish-mishlar haqida gapirishni istamayman"

  • 18 aprel, 21:46
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabi Alonso shu yozda "Real Madrid"ni boshqaruviga kelishi mumkin. Jamoaning amaldagi ustozi Karlo Anchelottining mavsum yakunida ketish ehtimoli yuqori. Ushbu xabarlarga Alonsoning o‘zi izoh berdi.

Tecno

"Hozir kelajakni muhokama qilish vaqti emas. Biz mavsumning juda muhim bosqichida turibmiz. Men taxminlar va mish-mishlar haqida gapirishni istamayman. Nima bo‘layotganini tushunaman, lekin hozir muhimroq ishlar bor", - dedi Alonso,

Eslatib o‘tamiz, ayni damda "Bayer" Germaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Qora va qizillar" peshqadam “Bavariya”dan 6 ochko ortda qolmoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinini 20 aprel kuni "Tsankt-Pauli"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!