Xabi Alonso: "Valensiya"ga qarshi bellashuvda hushyorlikni yo‘qotmasligimiz kerak"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso Ispaniya La Ligasi doirasidagi "Valensiya"ga qarshi bo‘ladigan uchrashuv oldidan fikr bildirdi.
"Balki tarkibda ayrim rotatsiyalar bo‘lar, lekin bu seshanbadagi o‘yin haqida o‘ylab emas, aynan "Valensiya"ga qarshi bellashuvga qarab amalga oshiriladi. Chempionlar ligasida ochko yo‘qotsang, keyingi turlarda uni qoplash mumkin. Ammo La Ligada bunday emas — bu marafon. Biz yaxshi sur’atda ketyapmiz va uni pasaytirishni istamaymiz.
Hozir faqat "Valensiya" va "Rayo Valekano"ga qarshi bahslar haqida o‘ylayapman. Bu bosqichni yaxshi yakunlamoqchimiz. O‘tgan mavsumda "Valensiya" "Santyago Bernabeu"da bizdan ustun kelgandi. Shu bois, hushyorlikni yo‘qotmasligimiz va raqibni hurmat qilishimiz kerak.
Korberan — jamoasini juda yaxshi tayyorlaydigan murabbiy. "Valensiya"da sifat va kuchli futbolchilar bor. Bu uchrashuv bizdan maksimal darajadagi diqqat va kontsentratsiyani talab qiladi. Katta g‘alabadan keyin haddan tashqari bo‘shashib qolish oson. Biz bunday holatga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak", — dedi Alonso matbuot anjumanida.
Fikrlar