Xabib Nurmagomedov: "Maxachev, ishlashni davom et, bu chegarang emas"

  • 20 yanvar, 12:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Los-Andjelesda bo‘lib o‘tgan "UFC 311" turnirida Islom Maxachev braziliyalik Renato Moykano ustidan g‘alaba qozonib, engil vaznda yana bir bor tengsiz ekanini isbot qildi.  Shundan so‘ng, UFC shon-shuhrat zali a’zosi Xabib Nurmagomedov hamyurti va engil vaznda amaldagi UFC chempioni haqida iliq fikrlar bildirdi. 

“Maxachev ayni paytda dunyodagi eng yaxshi MMA  jangchisi ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. U uchun xursandman. Islom erishgan yutuqlar juda kamchilikka nasib etgan. Biroq harakatdan to‘xtab qolmaslik kerak. Ishlashda davom et, ukam, bu chegarang emas” — deb yozdi Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o‘tamiz, Maxachev to‘rtinchi marta o‘z kamarini himoya qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!