
Xabib Nurmagomedovni qanday mag‘lub etish mumkin?
UFCning engil vazn toifasida 13-o‘rinni egallab turgan Charlz Oliveyra divizion chempioni Xabib Nurmagomedovni mag‘lubiyatga uchratishiga ishonadi.
“Men Xabib haqida yomon gap aytmayman. U barchani, eng kuchlilarni mag‘lub etdi. Ammo ularning hammasini uslubi Xabibga qiyinchilik tug‘dirmasdi. Ularning hech biri “parter”da kuchli emasdi.
Uning uslubiga qarshi menda ajoyib himoya bor. Uni mag‘lub eta oladigan yigitman. Agar bir-ikki jangda g‘alaba qozonsam, kim biladi? Ehtimol Xabib bilan jang qilishni uddalay olarman.
Jui jitsu borasidagi mukammaligimni va “parter”dan qo‘rqmasligimni hisobga olsak, bu juda yaxshi bo‘lardi ",- dedi Oliveyra.
30 yoshli braziliyalik ketma-ket muddatdan avval besh marotaba g‘alaba qozonib kelmoqda. Ushbu hafta oxirida u San-Pauludagi turnirda Jared Gordon bilan jang qiladi.
Fikrlar