Xadson-Odoining oyog‘i operatsiya qilinadi
Avval xabar berganimizdek “Chelsi” forvardi Kallum Xadson-Odoi kecha APLning 35-turidan o‘rin olgan “Byornli”ga (2:2) qarshi bahsda jiddiy jarohat olgan edi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha 18 yoshli angliyalik futbolchining oyoq paylarida yoriq paydo bo‘lgan. Shu bois u tez orada jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi.
Uning qachon safga qaytishi esa noma’lum. Biroq, shunisi aniqki u bu mavsum boshqa o‘ynolmaydi.
Ma’lumot uchun, Xadson-Odoi joriy mavsum “aristokratlar” safida jami 29ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar