
Xames Rodriges Madridga qaytmoqda
"Everton"ning hujumkor yarim himoyachisi Xames Rodriges yana La Ligaga qaytishi mumkin. Bu haqda "Marca" nashri yozmoqda.
Manbaning xabar berishicha, kolumbiyalik futbolchi "Atletiko"ga o‘tishga yaqin turibdi. Xamesning o‘zi "Tvitter"dagi sahifasida "Hech qachon ishonishdan to‘xtamang", deya yozib qoldirdi. Bu madridliklarning shiori hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, "matraschilar" o‘tgan yili ham Xames bilan shartnoma imzolashni xohlagan edi, biroq futbolchi APLga yo‘l olgandi. "Everton"ning yangi murabbiyi Rafa Benites havbekni o‘z rejalariga kiritmayapti.
2020/21 yilgi mavsumda Rodriges 23ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta gol urgan va 5ta golga hammualliflik qilgan.
Fikrlar