Xamzat Chimaev Islom Maxachev va Arman Tsarukyan jangi haqida so‘z yuritdi

  • 18.09.2024 12:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFCning o‘rta vazn (83,9 kg) toifasi reytingida 12-raqamda qayd etilgan Hamzat Chimaev (12-0) engil vazn (70,3 kg) toifasi chempioni Islom Maxachev (26-1) va ushbu diviziondagi birinchi raqamli da’vogar Arman Tsarukyan (22-3) o‘rtasidagi ajoyib jang bo‘lishini kutmoqda.

Tecno

“Armanning Maxachev bilan jangda imkoniyati bormi? Albatta, hammada imkoniyat bor. Men ham, yutqazishim ham, yutishim mumkin. Endi barcha jangchilar Islomdan ehtiyot bo‘lishadi. Habibning yo‘li qanday bo‘lganligini eslaysizmi? Uning ismi tilga olinganidayoq, raqiblar sarosimaga tushardi. Hozir Islomda ham vaziyat xuddi shunday. U bekorga P4P reytingida etakchi emas... Arman chempionlik jangiga loyiq yigit. O‘ylaymanki, bu juda yaxshi, qiziqarli jang bo‘ladi”, — dedi Chimaev HUSTLE VLOG’da.

Eslatib o‘tamiz, Chimaev 26 oktyabr kuni Abu-Dabida Robert Uittakerga qarshi jang qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!