Xamzat Chimaev UFC reytinggida bir pog‘ona pastladi

  • 19.06.2024 08:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC promouterlik kompaniyasi o‘z shafeligida ishtirok etayotgan jangchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Eng sezilarli o‘zgarishlar engil vazn toifasida sodir bo‘ldi. Jumladan, Tatsuro Taira sakkiz pog‘ona ko‘tarilib, divizionning kuchli beshligiga kirdi. Tagir Ulanbekov engil vazn toifasida bir pog‘ona pastladi, hozir u 13-o‘rinda.

Chechenistonlik engilmas jangchi Xamzat Chimaev ham o‘rta vazn toifasida bir pog‘onani yo‘qotdi: u 10-o‘rindan 11-o‘ringa tushib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, UFC o‘rta vazn toifasidagi Xamzat Chimaev sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli Avstraliya vakili Robert Uittaker bilan jangni bekor qilishga majbur bo‘lgandi. Ular 22 iyun kuni Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) jang qilishlari kerak edi. Endi Uittaker Chimaev o‘rniga rossiyalik Ikram Aliskerov bilan jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!