Hamzat Chimaevga birgina jihat yetishmaydi
Amerikalik taniqli MMA ustasi Xorxe Masvidal UFC sobiq chempioni Hamzat Chimaev haqida gapirdi.
“Chimaev ajoyib kurashga ega, lekin har doim unga qatʼiyat etishmasligini aytganman. Agar Hamzat kimdir bilan kurashsa, tempni bir xilda ushlab turolmaydi. Gapim isbotini Shon ko‘rsatib qo‘ydi. Bu tanqid emas. Tushunaman, tempni saqlab qolish juda qiyin — buni faqat bir nechta jangchilar uddalay oladi. Masalan, Xabib va Maxachevni oling. Ular raqibni parterga tushirganda, doimiy bosim o‘tkazib turardi. Hatto raqib o‘rnidan turganda ham, ular buni yana qayta-qayta takrorlashardi. Ularda o‘zgacha qatʼiyat bor edi”, — dedi Masvidal o‘zining You Tube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Chimaev oxirgi jangida Shon Striklendga qarshi oktagonga ko‘tarilib, yakunda ochkolar evaziga mag‘lubiyatga uchradi.
Odina Nazirova tayyorladi

Fikrlar