Hamzat Chimaevni hushidan ketkazgan edim

  • 08.08.2026 14:10
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jiu-jitsu bo‘yicha qora belbog‘ sohibi Dillon Denis MMA yulduzi Hamzat Chimaevni mushtlashuv boshlanishidan oldinroq bo‘g‘ish usuli bilan to‘liq hushidan ketkazganini aytdi.

Denisning ta’kidlashicha, u Chimaev bilan kurashgan paytida, raqibini qattiq bo‘g‘ish usuliga olgan. Hamzat esa bir necha soniya ichida hushini yo‘qotgan, shundan so‘ng vaziyat keskinlashib, ikki tomon o‘rtasida janjal va ommaviy mushtlashuv kelib chiqqan.

Hozircha ushbu da’volar boshqa manbalar tomonidan tasdiqlanmagan. Chimaev yoki uning jamoasi ham bu haqida rasmiy izoh bermadi. Shu bois, sport jamoatchiligi orasida Dillonning gaplari haqida turli fikr va bahslar davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, Dillon Denis jiu-jitsuda yuqori darajadagi mahoratga ega bo‘lib, professional MMAda ham o‘z nomini chiqargan sportchi hisoblanadi. Hamzat Chimaev esa aralash jang san’atlari dunyosida tez sur’atlar bilan yuksalib kelayotgan, kuchli zarbalari va agressiv uslubi bilan tanilgan jangchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!