Xarri Rednapp Chempionlar ligasi finalida "Tottenxem" g‘olib chiqishini taxmin qilmoqda

  • 31.05.2019 13:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Tottenxem" klubi sobiq bosh murabbiyi Xarri Rednapp “shporlar”ning Chempionlar ligasi final bahsidagi imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi.

“Men musobaqa tarixiga “Tottenxem” klubi nomi ham muhrlanib qolishini his qilyapman. “Shporlar” turnir davomida bir necha bor muvaffayatsizlikka uchrashga yaqin kelishdi, biroq so‘nggi daqiqalarda kiritilgan gollar ularni qutqarib qoldi. Ayniqsa “Manchester Siti” bilan uchrashuvda so‘nggi qarorni VAR chiqarganini qayd etish lozim. Men ushbu finalda ishtirok etadigan har ikkala jamoaning ham ashaddiy muxlisiman, biroq ichimda nimadir londonliklarning ustunligini aytmoqda”, - deydi Rednapp.

Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem” va “Liverpul” o‘rtasidagi final uchrashuvi ertaga Madridda bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!