
Xaver Mendes: "Habib va men bu jangni ko‘rishni orzu qilamiz"
Engil vazn toifasi chempioni Islam Maxachevning ustozi Xaver Mendes shogirdining Konor Makgregorga qarshi jang qilishini xohlaydi.
"Konor ko‘p gapiradi va ko‘pincha Islam haqida g‘iybatlar tarqatadi. Buning ijobiy tomonlari Konorni muxlislar yaxshi ko‘radi. Kim bilan bo‘lmasin, hamma uninig jangini ko‘rishni xohlaydi.
Shaxsan men Islam va Konor jangini ko‘rgan bo‘lardim. Habib va men uchun bundanda yaxshiroq jang yo‘q", - dedi Mendes.
Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor oxirgi jangini 3 yil oldin Dastin Porega qarshi o‘tkazgan va unda oyog‘ini sindirib olgandi. Shuncha yillik tanaffusdan so‘ng, u 30 iyun kuni Maykl Chendlerga qarshi oktagonga chiqadi.
Islam esa o‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan "UFC 302" turniri markaziy jangida Dastin Poreni mag‘lub etib, kamarini o‘zida saqlab qoldi.
Fikrlar