Xaver Tebas Dani Olmo va Pau Viktorning ro‘yxatdan o‘tkazilishi bo‘yicha CSD qaroriga munosabat bildirdi

  • 23 aprel, 14:50
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2 aprel kuni La Liga "Barselona" klubida moliyaviy feyr-pley bilan bog‘liq muammolar borligini ma’lum qildi va Dani Olmo hamda Pau Viktorni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun klubda asos yo‘qligini ta’kidladi. Chunki "Barsa"ning tarkib uchun xarajat limiti yana pasaytirilgan edi. Biroz vaqt o‘tib, Ispaniya Oliy sport kengashi (CSD) futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni ma’qulladi, La Liga esa bu qarorga apellyatsiya berdi.

Keyinchalik ma’muriy sud CSD qarori ijrosini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha iltimosnomani rad etdi — shunday qilib, Olmo va Viktor mavsumni La Ligada yakuniga etkazishlari mumkin bo‘ladi.

"Oliy sport kengashining so‘nggi qarori hech narsaga tahdid solmaydi, chunki u yuridik xususiyatga ega.

Bu qaror yangi faktga asoslangan, ya’ni Olmo va Pau Viktorning ro‘yxatdan o‘tkazilishi hech qachon rasman bekor qilinmagan. Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) ular La Ligada o‘ynay olmasligi haqida na rasmiy bayonot berdi, na aniq harakat qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!