Xaverts Angliyada nemislarning rekordini o‘rnatdi
“Arsenal” futbolchisi Kay Xaverts o‘z nomini Angliya Premer-ligasi tarixiga yozdiib qo‘ydi.
Chempionatning so‘nggi turida “kanonirlar” vakili “Everton” darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga 2:1 hisobida g‘alaba keltirdi.
Ushbu gol Kay Xaverts uchun rekord ko‘rsatkich sifatida qayd etildi.
Xaverts chempionatda 20 ta jamoa ishtirok etayotganidan beri germaniyalik futbolchilar orasida eng ko‘p samarali harakatni amalga oshirgan o‘yinchiga aylandi.
Joriy mavsumda iste’odli hujumchi Premer-ligada 13 ta gol va ettita assist qayd etdi.
Xaverts Angliyada yana bir jamoa – “Chelsi” sharafini himoya qilgan. Uning goli 2021 yili “aristokratlar”ga Chempionlar ligasi bosh sovrinini keltirgan edi.

Fikrlar