Xavi "Barselona"da Erling Xolandni ko‘rishni xohlamoqda
"Barselona" klubining sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoa safida ko‘rmoqchi bo‘lgan futbolchi nomini aytdi.
“Yangi transfer? Men Erling Xolandni "Barselona"da ko‘rgim keladi”, – deya Xavining so‘zlarini "Barca News" nashri keltiradi.
Norvegiyalik hujumchi Angliyaning "Manchester Siti" klubi bilan 2034 yilning o‘rtasigacha shartnomasi mavjud. Transfermarkt portali Xolandning bozor qiymatini 180 million evro deb baholamoqda.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 25 yoshli bombardir 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 1 ta golli uzatma bilan jamoasiga yordam bergan.
Shuningdek, Madridning "Real" klubi ham Vinisius Juniorni sotib, Erling Xolandni sotib olish uchun harakat qilmoqda deb ayrim nashrlar yozmoqda.

Fikrlar