Xavi "Barselona"ni boshqarishga rozi bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xavi Ernandes "Barselona"ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar tarqatdi. 

Manbaning ma’lum qilishicha, Xavi "Barsa"ni boshqarishga rozilik bildirgan. Yaqin vaqt ichida murabbiy "Al-Sadd" bilan shartnomani bekor qiladi va "Kamp Nou"ga qaytadi.

Eslatib o‘tamiz, La Liga doirasidagi "Rayo Valekano"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, kataloniyaliklar Ronald Kumanni iste’foga chiqargandi.

Avvalroq, "Al-Sadd" futbolchisi Santi Kazorla ham Xavi "Barsa"ni boshqarishga tayyor ekanligi haqida gapirgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
нодир болтаев
28/10/2021 13:33
Xavi nima qila olardi u ham uzog'i bilan 1 yil