Xavi: Bosh maqsadim - "Barselona"ga qaytish

  • 21.05.2019 15:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Faoliyatini Qatarning “Al Sadd” klubida olib borayotgan afsonaviy futbolchi Xavi kelajakdagi maqsadi murabbiy sifatida yana “Barselona”ga qaytish ekanini aytdi.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq 39 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsum yakunlangach butsalarini mixga ilib, aynan “Al Sadd”da murabbiylik faoliyatini boshlashi haqida aytib o‘tgan edi.

“Bu erda bosim kamroq va shu bois o‘zingizga bo‘lgan ishonchingizni oshirib, ma’lum darajada tajriba to‘plashingiz mumkin. Men Ferrari yoki samolyotni boshqara olmayman. Dastlab kichkina kemalarni boshqarishni o‘rganish kerak. Bosh maqsadim esa yana Evropaga, aniqrog‘i “Barselona”ga qaytish. Biroq, bu borada shoshilish kerak emas”, - deydi Xavi.

Ma’lumot uchun, Xavi 1995-2015 yillarda “Barselona” sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
21/05/2019 16:51
Гвардиола хам Катарда уйнаб келган. Гвардиолани кадамларини кайтаряптими?
&
Dilrux
21/05/2019 19:23
Gvardiola Qatarda o'ynaganini bilmas ekanman. Xavi ajoyib fudbolch. Juda xoxlardim Gvardioladek top murabbiy bo'lishini