Xavi: Bu ishni oqlab bo‘lmaydi

  • 24 yanvar, 2023, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Barselona"ning braziliyalik sobiq futbolchisi Dani Alves jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib hibsga olindi va sud qarorini kutmoqda. 39 yoshli futbolchi 4 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi o‘sha paytda yangilikdan shokka tushgani va Alvesga achinayotganini aytgan edi. Ispaniyalik mutaxassis sobiq jamoadoshi bilan yuz bergan voqea haqida yana fikr bildirdi. Ammo u bu safar jabrlanuvchining tarafini oldi.

“Meni noto‘g‘ri tushunishdi, men so‘zlarimni tushuntirib bermoqchiman. Bu haqiqatan ham murakkab va muhim mavzu. Men jabrlanuvchi haqida gapirmadim. Menimcha, Dani yoki boshqa birov qilgan bo‘lsa ham, bunday xatti-harakatlarni qoralash kerak. Men jabrlanuvchi va boshqa zo‘ravonlik qurbonlaridan kechirim so‘ramoqchiman. Menga nisbatan aytilayotgan tanqidlarni tushunaman”, - dedi Xavi.

Eslatib o‘tamiz, bir qiz Dani Alves uni tungi klub hojatxonasida jinsiy aloqa qilishga majburlaganini da’vo qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!