
Xavi: "Bunga haqqingiz yo‘q"
"Barselona"ning yangi bosh murabbiyi Xavi birinchi marta jamoa futbolchilari bilan yaqindan suhbat olib bordi.
Mashg‘ulot oldidan 41 yoshli mutaxassis nutq so‘zlab, bir necha kun oldin bo‘lib o‘tgan "Selta"ga qarshi o‘yin natijasiga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar berdi.
"Siz ko‘p ishlarga qodirsiz. Tanaffusga qadar 3:0 hisobida g‘alaba qozonsangiz, so‘ngra raqib hisobni tenglashtirishiga yo‘l qo‘yib berishga haqqingiz yo‘q. Bu mumkin emas", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar