Xavi kutgan yulduz “Barsa”ga o‘tishdan bosh tortgani sababi oshkor bo‘ldi
“Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Bernardu Silva yozgi transferlar vaqtida “Barselona”ga ko‘chib o‘tishi kutilgandi.
Avvaliga portugaliyalik charm to‘p ustasining o‘zi Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishga rozilik bergandi. Tomonlar bu transfer bo‘yicha uzoq muddat muzokara olib bordi. Lekin yozgi transfer oynasi yopilishi arafasida Bernardu Manchesterdan ketishdan bosh tortdi.
Futbolchining o‘zi bu qarorini Xosep Gvardiola qisqa fursat ichida uning o‘rnini bosadigan ijrochi topa olmasligini bilan izohladi. 28 yoshli Silva klub va uning muxlislari hurmatidan jamoani qiyin ahvolga solib qo‘ygisi kelmadi.
Bernardu Silva “Manchester Siti”da 2017 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Mashhur futbolchi “shaharliklar” safida jami 11 ta sovringa ega bo‘ldi.

Fikrlar