Xavi: "Messining "Barsa"ga qaytishi faqatgina uning o‘ziga bog‘liq"

  • 23 fevral, 2023, 01:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ futbolchisi Lionel Messining klub bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida o‘z yakuniga etadi. Hali yangi bitim borasida bir to‘xtamga kelmagan hujumchi "Barsa"ga qaytishi ham mumkin.

Tecno

Kataloniya jamoasining bosh murabbiyi Xavi "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yin oldi matbuot anjumanida Messi haqida gapirib o‘tdi.

"Messi uchun "Barsa"ning eshiklari doimo ochiq. Bu haqda ko‘p bora aytganman. U mening do‘stim. Biz har doim aloqadamiz. Klubga qaytishi esa faqatgina o‘ziga bog‘liq. Leo tarixdagi eng yaxshi futbolchi. U o‘z o‘rniga ega bo‘ladi",  - dedi Xavi.

Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, Messi PSJ bilan muzokaralarni boshlagan. Ammo Ispaniyaga qaytish ehtimoli mavjud. Argentinalikning kelajagi uchun uchinchi variant sifatida MLS ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!