
Xavi Messining qaytishi haqida gapirdi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes Lionel Messining ehtimoliy qaytishi haqida gapirdi.
"Malorka" bilan o‘yindan keyin (3:0) Kataloniya klubi Serxio Buskets va Xordi Albani sharafiga xayrlashuv marosimini o‘tkazdi.
"Messi ham shunday xayrlashuvga loyiq, menimcha, biz hammamiz bunga rozimiz, ko‘ramiz. Biz hammamiz Leoni yaxshi ko‘ramiz, lekin bu uning jamoaga kelishini anglatmaydi.
Messi tarixdagi va "Barsa"dagi eng yaxshi futbolchi. Uning qaytishi o‘ziga bog‘liq", - dedi Xavi.
Fikrlar