Xavi o‘ziday o‘ynay oladigan uch futbolchi nomini aytdi
Ispan futbolining eng mahoratli yarim himoyachilaridan bo‘lgan Xavi Ernandes hozirgi paytda xuddi unga o‘xshab o‘ynay oladigan uch nafar futbolchi borligini e’tirof etdi.
Afsonaviy sobiq futbolchi birinchi navbatda “Barselona”ning hozirgi yulduzi Pedrini tilga oldi. Shuningdek, “Liverpul”dan argentinalik Aleksis Mak Allister va PSJdan portugaliyalik Vitinyaning o‘yini ham yuqori baholadi.
- Pedri, Mak Allister va Vitinya menga eng ko‘p o‘xshaydi. Ular o‘yinni juda yaxshi tushunishadi. Har bir pas bu ongli harakatdir. Ular pas berish paytida allaqachon keyin nima qilishini o‘ylab qo‘yishadi. Bu shunchaki pas berish uchun amalga oshirilgan uzatma emas, - dedi Xavi.
Xavi professional futbolchilik faoliyatini 2019 yilda tugatganidan keyin murabbiylik faoliyatini boshlagan. Uning oxirgi jamoasi aynan “Barselona” bo‘lgan edi.

Fikrlar