Xavi: "Rayo Valekano"ga qarshi bu mavsumdagi eng yomon o‘yinni o‘tkazdik"

  • 28 aprel, 2023, 16:39
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes hafta o‘rtasida "Rayo Valekano"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatni esladi. Kataloniyaliklar mehmonda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi va turnir jadvalida “Real”dan 14 ochkoga o‘zib ketish imkoniyatini boy berdi.

Tecno

"Rayo Valekanoga qarshi uchrashuvda biz joriy mavsumda eng yomon o‘yin ko‘rsatdik. Ertaga biz uchun sinov bo‘ladigan juda muhim bahs bo‘ladi. "Betis" juda aniq o‘yin sxemasiga ega ajoyib jamoa. Biz ulardan to‘pni olib qo‘yishga va ustunlik qilishga harakat qilamiz”, - dedi ispaniyalik murabbiy matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, La Ligada mavsum yakuniga qadar 7 tur qoldi. “Barselona” ikkinchi o‘rindagi "Real" Madriddan 11 ochko oldinda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!