
Xavi xo‘jayinlardan qimmat o‘yinchi olib kelishni talab qilyapti
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoani qimmatbaho o‘yinchilar bilan kuchaytirish kerakligini ta’kidlamoqda.
Ispaniyalik mutaxassis yozda “Real Sosedad” yarim himoyachisi Martin Subimendini olib berishni talab qilmoqda.
Subimendining transferini amalga oshirish uchun klub 60 million evro miqdorida pul sarflashi kerak. Biroq “Barselona”ning moliyaviy ahvoli bunga imkon bermaydi.
Xavining o‘zi bu o‘yinchiga jiddiy qiziqish bildiryapti va bir necha marotaba unga shaxsan bog‘lanib, jamoasiga taklif qilgan.
Martin Subimendiga Angliya va Germaniyadan chorlovlar bo‘lyapti. Biroq yarim himoyachi “Barselona”ga o‘tishga moyil va kataloniyaliklardan “Real Sosedad” bilan kelishib olishni so‘ragan.
Fikrlar