
Xavining ko‘ngli to‘lmadi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "el-klasiko"dan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U jamoasi qayd etgan natijadan ko‘ngli to‘lmadi.
"Men natijadan xafaman. Dastlabki 20 daqiqada jamoa qiynaldi, biroq keyin yaxshiroq harakat qila boshlaganimizdan so‘ng bahsni to‘liq nazorat qildik.
Ikki jamoa ham yaxshi o‘yin namoyish etdi, ammo yakunda omad madridliklar tomonida bo‘ldi. Menimcha, to‘g‘ri yo‘ldamiz. Shuningdek, bugun bir qator futbolchilar safga qaytdi. Bu quvonarli xabar. Biz turnir bilan erta xayrlashdik. Shunday bo‘lsa-da, tanqidlarga munosib javob bera oldik", - dedi Xavi.
Fikrlar