Xayr Messi! “Barsa”ning barcha transferlari bloklandi

  • 2 may, 2023, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” kelasi yoz transferlarsiz qolib ketishi mumkin. Sport nashrining ta’kidlashicha, La Liga rahbariyati kataloniyaliklarning transferlar bo‘yicha rejasini blokladi.

Tecno

Bunga asosiy sabab, kataloniyaliklarning rejasi moliyaviy feyr-pley talablariga mos kelmasli ekani aytilmoqda.

“Barselona” keyingi paytda asosan erkin agentga aylangan futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda. Xususan, kelayotgan yozda ular Lionel Messini qaytarish yo‘llarini qidirmoqda.

Bundan tashqari, kataloniyaliklar “Manchester Siti” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Ilkay Kyundog‘an va “Atletik” bilan hamkorligi tugab borayotgan markaziy himoyachi Inigo Martinesni transfer qilishni reja qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!