Xayrulla Hamidov bugungi o‘yin oldidan: Destro - Eldor tandemi hech qursa, bitta gol yasay oladi, deb o‘ylayman

  • 17 yanvar, 2021, 16:55
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Jenoa"ni bugun jiddiy sinov kutmoqda. Genuyaliklar A Seriya doirasida "Atalanta" bilan quch sinashadi.

Tecno

18-turdan o‘rin olgan ushbu bahs "Atalanta" maydonida bo‘ladi. Italiyaning "quvnoq jamoasi"ga qarshi Eldor Shomurodov jamoasi saf tortadi.

Mamlakatning mashhur nashrlaridan biri LaGazzettadelloSport mazkur o‘yin uchun taxminiy tarkiblarni tuzib chiqdi. Tarkibdan hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘rin olgan. U hujumda Destro bilan birga harakat qilishi kutilmoqda.

Taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov LaGazzettadelloSport nashrining taxminiy tarkibi ko‘pincha to‘g‘ri chiqishini ta’kidladi va "Jenoa"ning hujumdagi tandemi hech bo‘lmasa, bitta gol uradi, deb hisoblamoqda. Bu haqda sharhlovchi telegramdagi sahifasida yozib qoldirdi.

- La gazettaning taxminiy tarkibi, ko‘p holda to‘g‘ri chiqadi. Destro - Eldor tandemi hech qursa, bitta gol yasay oladi, deb o‘ylayman, - dedi Xayrulla Hamidov.

Eq0cMhJXMAAdMDr

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!