Xazfi kubogi. O‘zbekcha derbi yakuniga etdi
Odil Hamrobekov to‘p tepayotgan "Traktor" o‘z uyida Oston O‘runov o‘ynayotgan "Persepolis"ni penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratdi.
Xazfi kubogining 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan "Traktor" va "Persepolis" uchrashuvi yakuniga etdi. Uchrashuvning 58-daqiqasida Torabi gol urib, Tabriz klubini hisobda oldinga olib chiqdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan 6-daqiqada esa Kanaani gol urib muvozanatni tikladi. Qo‘shimcha vaqtlarda ham hisob o‘zgarmadi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Futbol lotoreyasida tabrizliklar 8:7 hisobida g‘alaba qozonib keyingi bosqichga yo‘l oldi. Odil Hamrobekov penaltidan unumli foydalandi. Uchrashuvda Hamrobekov to‘liq o‘ynagan bo‘lsa, Oston O‘runov 81-daqiqada almashtirildi.



Fikrlar