
Xillning "UFC 303" dan voz kechishiga talaygina sabablar bor
Yarim og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jamal Xill 29 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan promoushenning 303 turniridan voz kechishga majbur qilgan jarohatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
"Hozirda menda ikkita meniskus yirtig‘i, ligamentlar cho‘zilgan, tizzamning orqa qismida suyuqlik oqib chiqishiga sabab bo‘lgan son kistalari, shuningdek, uchta bo‘g‘imga infuzion bor!!!! Bu jarohatlar faqat g‘alaba qozonish ishtiyoqimni kuchaytiradi. Men tez orada qaytaman !!!" – deb yozdi Jamal ijtimoiy tarmoqlarida.
Eslatib o‘tamiz, Xill(12-2-1 N/C) "UFC 303" turnirida Karlos Ulberg(10-1)ga qarshi jang o‘tkazishi kerak edi.
Fikrlar