
Xitoy - O‘zbekiston uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar ma’lum
Milliy jamoamiz o‘yinini boshqarib boradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Xitoyga qarshi uchrashuvini Tam Ping Vun (Gong Kong) boshqarib boradi. Unga qanotlarda Lam Nai Kei Sam va Vong Ping Chung yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi xitoylik Jang Leiga topshirilgan. VARda esa Vu Chun Sing faoliyat yuritadi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16 oktyabr kuni soat 16:35 da “Dalian Sports Center” stadionida start oladi.
Fikrlar