Xitoy safarda Eronga mag‘lub bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi


Kelasi yili Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga saralash bahslari davom etmoqda.

Osiyo qit’asi “A” guruhida etakchilik qilayotgan Eron terma jamoasi navbatdagi bahsni o‘z maydonida Xitoy termasiga qarshi o‘tkazdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida jamoalar o‘z darvozalari daxlsizligini saqlab qoldi va tanaffusga nursiz durang bilan yo‘l olishdi.

Tanaffusda kerakli bosh murabbiydan tegishli ko‘rsatmalarni olgan eronliklar 46-daqiqa oldinga chiqib olishdi. Bu vaqtda Mehdi Terami o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

iran

Shundan so‘ng xitoyliklar vaziyatni to‘g‘rilash uchun bor imkoniyatini ishga soldi, ammo bunga mezbonlar yo‘l qo‘yishmadi va o‘yin 1:0 hisobida yakuniga etdi.

JCh-2018 saralash
“A” guruhi 7-tur

Eron – Xitoy – 1 : 0

Gol: Mehdi Terami 46
Ogohlantirishlar: Said Izzatilloh 37, Masud Shojei 39, Alirizo Jahonbaxsh 63 – Hangbo Yin 81.

Mazkur g‘alabadan so‘ng eronliklar 17 ochko bilan "A" guruhida yoqqol etakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinda Janubiy Koreya 13 ochko bilan borayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston 9 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!