Xokkey. "Humo" yangi mavsumni safarda boshlaydi

  • 2 avgust, 2023, 16:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Xokkey bo‘yicha Qozog‘iston Pro-ligasining yangi 2023/24 yilgi mavsum uchun taqvimi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, chempionatda “Humo”dan tashqari yana 10 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boradi: “Aktobe”, “Almati”, “Arlan”, “Beybaris”, “Gornyak”, “Irtish”, “Kulager”, “Nomad”, “Saryarka”, “Torpedo”.

Tecno

Turnir uch bosqichdan iborat bo‘ladi. Chempionat 9 sentyabr kuni start oladi. Shu kuni o‘tgan mavsum finalchilari “Nomad” va “Humo” Ostonada, “Saryarqa” va “Olmaota” esa Qarag‘andada muz ustiga chiqishadi.

Birinchi bosqichda barcha jamoalar to‘rttadan o‘yin o‘tkazadi (2tasi uyda va 2tasi mehmonda). Keyinchalik, birinchi bosqich natijalariga qarab, ikkinchi bosqich uchun taqvim tuzib chiqiladi. Ushbu bosqichda jamoalar yana 10 tadan o‘yin o‘tkazishadi (5 tasi uyda va 5 tasi safarda). Uchrashuvlar ketma-ketligi, shuningdek, jamoalarning o‘zgarishi mumkin. Ikkinchi bosqichning final o‘yinlari 6 yoki 7 fevral kunlariga belgilangan.

Shunday qilib, muntazam mavsumda har bir ishtirokchi 50 tadan o‘yin o‘tkazadi.

Keyin eng yaxshi sakkiz jamoa pley-off bosqichiga (uchinchi bosqich) yo‘l oladi, bunda Pro-liga chempioni va g‘oliblari aniqlanadi. Kubok bosqichi 12 fevralda boshlanadi, barcha pley-off seriyalari to‘rtta g‘alabaga qadar o‘tkaziladi. Finalning ettinchi (kerak bo‘lsa) o‘yini 17 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

“Humo”ning yangi mavsumdagi uy uchrashuvlarining boshlanish vaqti keyinroq e’lon qilinadi.

2023 yil SENTYaBRЬ

9 sentyabr

«NOMAD» - «HUMO»

10 sentyabr

«NOMAD» - «HUMO»

13 sentyabr

«SARYARQA» - «HUMO»

14 sentyabr

«SARYARQA» - «HUMO»

19 sentyabr

«HUMO» - «ERTIS»

20 sentyabr

«HUMO» - « ERTIS »

23 sentyabr

«HUMO» - «TORPEDO»

24 sentyabr

«HUMO» - «TORPEDO»

28 sentyabr

«HUMO» - «ALMATY»,

29 sentyabr

«HUMO» - «ALMATY»

2023 yil OKTYaBRЬ

4 oktyabr

«ARLAN» - «HUMO»

5 oktyabr

«ARLAN»- «HUMO»

8 oktyabr

«QULAGER» - «HUMO»

9 oktyabr

«QULAGER» - «HUMO»

17 oktyabr

«ALMATY» - «HUMO»

18 oktyabr

«ALMATY» - «HUMO»

23 oktyabr

«HUMO» - «AQTOBE»

24 oktyabr

«HUMO» - «AQTOBE»

28 oktyabr

«HUMO»- «BEIBARYS»

29 oktyabr

«HUMO»- «BEIBARYS»

2023 yil NOYaBRЬ

3 noyabr

«GORNYAK» - «HUMO»

4 noyabr

«GORNYAK» - «HUMO»

7 noyabr

«AQTOBE» - «HUMO»

8 noyabr

«AQTOBE» - «HUMO»

11 noyabr

«BEIBARYS» - «HUMO»

12 noyabr

«BEIBARYS» - «HUMO»

18 noyabr

«HUMO» - «ARLAN»

19 noyabr

«HUMO» - «ARLAN»

22 noyabr

«HUMO» - «QULAGER»

23 noyabr

«HUMO» - «QULAGER»

29 noyabr

«HUMO» - «NOMAD»

30 noyabr

«HUMO» - «NOMAD»

2023 yil DEKABRЬ

3 dekabr

«HUMO» - «GORNYAK»

4 dekabr

«HUMO» - «GORNYAK»

11 dekabr

«TORPEDO» - «HUMO»

12 dekabr

«TORPEDO» - «HUMO»

15 dekabr

«ERTIS» - «HUMO»

16 dekabr

«ERTIS» - «HUMO»

21 dekabr

«HUMO» - «SARYARQA»

22 dekabr

«HUMO» - «SARYARQA»

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!