Xoland “Chelsi”ga o‘tishga majburmi?

  • 9 iyun, 2021, 21:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Norvegiyalik hujumchining yozgi transferlar mavsumidagi narxi 150-170 million funtga baholanmoqda. Bu summani pasaytirishning imkoni yo‘q. Sababi “Borussiya” bu yil Jeydon Sanchoni sotadi va qo‘shimcha mablag‘ga muhtoj emas. Qolaversa, dortmundliklar Xolandni kelasi mavsumga olib qolmoqchi.

Tecno

“Chelsi” rahbariyati dortmundliklar bilan do‘stona aloqalarini ishga solib, Xolandni kelasi mavsumda transfer qilmoqchi. Ma’lumki, uning shartnomasida 2022 yilning yozida hujumchi transferini 75 million evroga amalga oshirish to‘g‘risidagi band kuchga kiradi.

Londonliklar bu transferni hozirdan hal qilib qo‘ymoqchi. Ular “Borussiya”dan kelasi yozda hujumchini aynan “Chelsi”ga sotishni kafolatlashni so‘rayapti.

Erling Xoland avvaliga “Chelsi”ni top-klub emasligini ta’kidlab, ularning taklifiga qiziqmagan edi. Biroq, Tomas Tuxel jamoani Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi aylantirganidan keyin hujumchining fikri o‘zgargani va “Chelsi” bilan muzokaralarga tayyorligi aytilmoqda.    

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!